TOShKENT, 29 avg — Sputnik. “Tolibon”* jangarilari Afg‘oniston shimoliy-sharqidagi Bag‘lon viloyati folklor musiqasi ijrochisini o‘ldirishdi. Bu haqda RIA Novosti manbasi xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, toliblar qo‘shiqchi Favad Andarabiyni uyidan haydab chiqarib o‘ldirishgan.
Qo‘shiqchining o‘ldirilganini Afg‘oniston sobiq ichki ishlar vaziri Mas’ud Andaribiy ham yozdi.
Sobiq vazir qo‘shiqchini toliblar nazorati ostida bo‘lmagan Panjsher vodiysidan uzoq bo‘lmagan Andarab qishlog‘ida “shafqatsizlarcha o‘ldirishganini” ma’lum qilgan.
Avvalroq qator OAVlar toliblar Afg‘onistonda qo‘shiq ijro etishni taqiqlashlari haqida yozishgandi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti