Kobulda kuchli portlash sodir bo‘ldi

Portlash oqibatida bir bola halok bo‘lgani va uch kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Afg‘oniston poytaxti Kobulda aeroport yaqinida kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga raketa zarbasi sabab bo‘lgan.
Mahalliy TV portlash oqibatida bir bola halok bo‘lgani va uch kishi jarohatlanganini xabar qilmoqda.