Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi belgilandi

Minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik mezoni (yoki chegarasi) sifatida foydalaniladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. “Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik mezoni (yoki chegarasi) sifatida foydalaniladi.
2022 yildan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish jarayonida qo‘llaniladigan va jon boshiga to‘g‘ri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlariga tenglashtiriladi.
Har yili avgust oyigacha minimal iste’mol xarajatlari qiymatining prognoz parametrlari inflyatsiya kutilmalaridan kelib chiqib hisoblanadi.
Minimal iste’mol xarajatlari va kambag‘allik darajasi har yilgi hisobot yilida inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, keyingi yilning 20-yanvariga qadar e’lon qilib boriladi.
Minimal iste’mol xarajatlari tarkibi kamida har 5-yilda qayta ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistonda ilk bor minimal iste’mol xarajatlari miqdori hisoblab chiqildi
Qaror bilan Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.