TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligiga bag‘ishlab Uzbekistan Airways ilk loukost-tashuvlarni amalga oshirishni boshlaydi, deb ma’lum qildi aviakompaniya matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, Toshkent-Moskva yo‘nalishidagi birinchi reys 30-avgust kuni bajariladi.
Toshkent-Moskva yo‘nalishidagi avichipta narxi 1 490 645 so‘mdan, Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishida esa 2 833 750 so‘mdan boshlanadi.
Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.
Kuni kecha Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yangi modelga asoslangan aviatashuvlar boshlanishini e’lon qilgandi.
Yangi modeldagi aviatashuvlar “Uzbekistan Express” nomi ostida aviakompaniyadagi mavjud liniyalarda parvozlarni amalga oshiradi.
"To‘liq iqtisodiy klass"ga (ekonom) o‘tkazilgan Airbus A320 havo kemasida Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiradi.