TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Qozog‘istonda 29-avgust kuni milliy motam kuni deb e’lon qilindi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevtegishli hujjat imzoladi.
26 avgust kuni Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi harbiy qism omborida 6ta portlash yuz berdi. Omborda 500 tonna trotil saqlangan.
O‘q dorilar omboridagi portlashlar vaqtida snarad parchalarining tarqalish radiusi ikki kilometrgacha bo‘ldi.
Yong‘in va portlashlar oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 90 nafar kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda.
Hududdan 1200 nafarga yaqin aholi evakuatsiya qilindi.
Mudofaa vazirligi qasddan o‘t qo‘yish yoki qo‘poruvchilik bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Shuningdek, versiyalar orasida - xavfsizlik talablarini buzish, o‘z-o‘zidan yonish va kimoviy reaksiya.
Kuni kecha Shavkat Mirziyoyev fojiali voqea oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston prezidentiga hamdardlik bildirdi.