Moskvada yana ommaviy mushtlashuv: salkam 50 kishi ushlandi

Moskva markazida yuz bergan ommaviy mushtlashuvdan so‘ng qariyb 50 kishi ushlandi.
Sputnik
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Moskva markazida yuz bergan ommaviy mushtlashuvdan so‘ng qariyb 50 kishi ushlandi, deb xabar berdi RIA Novostiga Moskva IIV bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, voqea kecha kechqurun Baumanskaya ko‘chasida sodir bo‘ldi.
Guvohlardan birining aytishicha, mushtlashuvni bir necha kishi boshlashdi, ular o‘rtasida nizo kelib chiqqan, lekin politsiya kelishiga qadar hammasi g‘oyib bo‘ldi.
Voqeaga aloqadorligini tekshirish, shuningdek guvohlarni aniqlash uchun 49 kishi politsiya bo‘limiga olib kelindi. Ulardan 15 nafariga nisbatan mayda bezorilik to‘g‘risida bayonnoma tuzildi, qolganlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Jarohat olganlar haqida ma’lumot yo‘q. Politsiya tekshiruv o‘tkazmoqda.
Moskva meri “deport” va “zapret” qo‘yilgan migrantlar sonini ma’lum qildi
Bu so‘nggi vaqtda Moskvada sodir bo‘lgan birinchi voqea emas. Shu kunlarda Admiral Kornilov ko‘chasidagi xostelda migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Politsiya 20 nafardan ortiq kishini qo‘lga oldi, ularning hammasi 12 sutkaga qamoqqa olindi.
Iyul oyida "Kuzminki" metro bekati yaqinida mushtlashuvda Markaziy Osiyodan kelgan 200 nafaga yaqin migrant qatnashdi. O‘shanda 102 kishi izolyatorlarga olib kelindi.
Moskva meri Sergey Sobaninning so‘zlariga ko‘ra, politsiya tomonidan ommaviy mushtlashuv va boshqa qonunbuzarliklar yuzasidan 800 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 200 nafarga yaqin migrant deportatsiya qilindi, 17,5 ming nafar kishiga mamlakatga kirish taqiqlandi.