Uzbekistan Airways Moskvaga yangi modelga asoslangan aviaqatnovlarni boshlaydi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yangi modelga asoslangan aviatashuvlar boshlanishini e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yangi modelga asoslangan aviatashuvlar boshlanishini e’lon qildi.
O‘zbekiston Mustaqilligining 30-yilligiga bag‘ishlab va O‘zbekiston prezidentining 2021-yil 30-apreldagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Uzbekistan Airways AJ aviatashuvlar borasida gibrid modelga o‘tmoqda.
“Uzbekistan Airways” Toshkent va Lohur o‘rtasidagi parvozlarni qayta tiklamoqda
Yangi modeldagi aviatashuvlar “Uzbekistan Express” nomi ostida aviakompaniyadagi mavjud liniyalarda parvozlarni amalga oshiradi.
Uzbekistan Express ilk parvozini joriy yilning 30-avgust kuni "to‘liq iqtisodiy klass"ga (ekonom) o‘tkazilgan Airbus A320 havo kemasida Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiradi.