TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Pandemiya davrida Rossiya hududida qolib ketgan o‘zbekistonliklarni vatanga olib kelish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ quyidagi maxsus reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda:
27 avgust kuni soat 20:57 da 483-sonli yo‘lovchi poyezdi Voljskiy - Toshkent yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.
30 avgust kuni soat 12:35 da 446-sonli yo‘lovchi poyezdi Tolyatti - Toshkent yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.
Poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Voljskiy-Toshkent hamda Tolyatti-Toshkent yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi.
Rossiyadagi fuqarolarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan e-ticket.railway.uz veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, jo‘natishlari ham mumkin.