Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir vaksina paydo bo‘ldi

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi beshinchi vaksinani ro‘yxatga oldi.
Sputnik
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi yangi vaksinani ro‘yxatga oldi.
"EpiVakKorona-N" - COVID-19 qarshi emlanish uchun beshinchi preparat bo‘ldi. Vaksina “Vektor” markazida yaratildi.
O‘zbekistonda pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratildi
Vaksina preparatning oldingisidan "ishlab chiqarishning ba’zi texnologik xususiyatlari" bilan farq qiladi, deb ta’kidlashdi yaratuvchi-olimlar.
COVID-19ning oldini olish maqsadida preparat peptid antigenlariga asosida yaratilgan.
Ta’kidlanishicha, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan kishilar "EpiVakKorona-N" vaksinasini olishi mumkin. Homilador ayollarga bu vaksina qo‘llanilmaydi..
Hozirgi vaqtda Rossiya tibbiyot muassasalarida 4ta preparat mavjud – “Sputnik V”, “EpiVakKorona”, “KoviVak” va “Sputnik Layt”.