TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Kuni kecha Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi harbiy qism omborida 6ta portlash yuz berdi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.
Xabarlarga ko‘ra, harbiy obyektda yong‘in payshanba kuni soat 19:00 atrofida boshlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, omborda 500 tonna trotil saqlangan.
Kuchli yong‘in oqibatida 4 nafar harbiy halok bo‘ldi, 49 nafar FVV xodimi jarohatlandi.
Favqulodda vaziyatni bartaraf etishga harbiy qismning o‘t o‘chirish guruhlari va yong‘inga qarshi maxsus texnikasi, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Jambil viloyatidagi o‘t o‘chirish brigadalari jalb qilingan.
Shifoxonaga 90 nafar kishi olib kelindi, ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda.
1200 nafarga yaqin aholi evakuatsiya qilindi.
Mudofaa vazirligi qasddan o‘t qo‘yish yoki qo‘poruvchilik bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Shuningdek, versiyalar orasida - xavfsizlik talablarini buzish, o‘z-o‘zidan yonish va kimoviy reaksiya.
Mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev iste’foga chiqishga qaror qilganini aytdi.