TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Botir Zokirov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.
O‘zbek estradasi asoschisi, san’atkor Botir Zokirov tavalludining 85-yilligi munosabati bilan taqdirlandi.
19 Mart 2019, 14:30
“O‘zining buyuk iste’dodi, noyob va betakror ijodi bilan o‘zbek estrada san’atiga asos solib, milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etishga qo‘shgan beqiyos hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib hamda tavalludining 85-yilligi munosabati bilan xalqimizning ardoqli farzandi, buyuk san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti, marhum Botir Karimovich Zokirov ‘El-yurt hurmati’ ordeni bilan mukofotlansin”, - deyilgan hujjatda.
Prezidentning 2020-yil 2-dekabrdagi qaroriga muvofiq, 2021-yilda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85-yilligi nishonlanadi. Toshkentda san’atkor haykalini o‘rnatish belgilangan.
O‘zbek estrada xonandasi, dramaturg va aktor 1936-yil 26-aprelda Moskvada tug‘ilgan.
O‘zbekistonda estrada san’atining shakllanishi va rivojlanishi uning nomi bilan bog‘liq.
1965 yilda O‘zbekiston SSR xalq artisti unvonini oldi. 1985-yil 23-yanvarda Toshkentda vafot etdi. U Toshkentdagi Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.