TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 841 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 153 204 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (87), Andijon viloyatida (41), Buxoro viloyatida (17), Jizzax viloyatida (28), Qashqadaryo viloyatida (15), Navoiy viloyatida (15), Namangan viloyatida (38), Samarqand viloyatida (79), Sirdaryo viloyatida (18), Surxondaryo viloyatida (51), Farg‘ona viloyatida (83), Xorazm viloyatida (22), Toshkent viloyatida (105), Toshkent shahrida (242) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Pnevmoniya holatlari
361 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 22 505 nafarga yetdi. 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 159 nafarga yetdi.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 145 693 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.
O‘lim holatlari
Koronavirusga chalingan 6 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1056 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 214,6 milliondan oshdi, 4,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (38,2 mln), Hindistonda (32,5 mln), Braziliyada (20,6 mln).