O‘zbek harbiylari “Yo‘l patruli” tanlovida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbek harbiylari Qatarda o‘tkazilgan musobaqasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Qadar poytaxti Doha shahrida VII Xalqaro armiya o‘yinlarining “Yo‘l patruli” musobaqasida ishtirok etdi.
Respublika mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, avtomobil g‘ildiraklarini qisqa vaqt ichida almashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan final bellashuvida Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Eron va Qatar jamoalari birinchilik uchun kurashdi.
ArMI-2021: o‘zbek harbiy oshpazlari yana birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi
Hakamning ishorasiga ko‘ra, ishtirokchilar avariyaviy to‘xtash belgisini avtomobildan 15 metr uzoqlikka o‘rnatgan va orqa chap g‘ildirakni almashitirishga kirishgan. Sudalar kollegiyasi yukxonaga joylangan uskunlarning to‘g‘riligi va tartibini baholab borgan.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 2020-yilgi Xalqaro armiya o‘yinlarining mazkur yo‘nalishida birinchilikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston jamoasi joriy yilda 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqa birinchiligi Rossiya jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, shohsupadagi 2-o‘rinni Belarus jamoasi band etdi.