Mustaqillik bayrami tadbirlari ochiq maydonlarda o‘tkaziladi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan ochiq maydonlarda sayillar, konsert tomoshalari va ko‘ngilochar dasturlar tashkil etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. So‘nggi kunlarda respublikada koronavirus bilan kasallanish ko‘rsatkichlari nisbatan barqarorlashayotganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami tadbirlarini ko‘tarinki ruxda o‘tkazish maqsadida Koraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda sayillar, konsert tomoshalari va ko‘ngil ochar dasturlarni tashkil etish borasidagi tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan takliflar ma’qullandi.
Prezident Mustaqillik bayrami munosabati bilan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotladi
Mustaqillikning o‘ttiz yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazishni ta’minlashga mas’ullar tomonidan bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilarni niqob taqishlari, ijtimoiy masofani saqlashlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazoratini kuchaytirishni ta’minlash shartligi belgilandi.
"Sog‘liqni saqlash vazirligi bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlarda, shuningdek, tashkilot, korxona, muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarda niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotlariga rioya etilishini so‘rab qoladi", - deyilgan vazirlik xabarida.