Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi

Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasi va kimyo sanoati korxonalari ishga tushiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
U yerda quyosh fotoelektr stansiyasi va kimyo sanoati korxonalari ishga tushiriladi.
Davlat rahbari, shuningdek, mavjud korxonalar faoliyati bilan tanishib, aholi bilan muloqot qiladi.