TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Kobul aeroporti yaqinidagi portlashlarda 1,3 ming nafardan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba ma’lum qildi.
Teraktlar oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi, 1338 kishi yarador bo‘ldi.
Bundan avval Wall Street Journal nashri kamida 90 afg‘on halok bo‘lgani haqida yozdi. Shuningdek, Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, 13 nafar amerikalik askar halok bo‘ldi.
Kuni kecha Kobul aeroporti yaqinida ikkita portlash yuz berdi – ulardan bittasi – Baron oteli yaqinida, u yerda xorijliklar, jumladan AQSh va Britaniya fuqarolari bo‘lgan. Birinchi portlashni xudkush-terrorchi amalga oshirdi, keyinchalik avtomobil portladi.
OAV "Islom davlat"* aeroportga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganini xabar qildi. Vashington bu hujumlarda "IShID"*ga kiruvchi “Viloyat Xuroson” ishtirok etgan deb hisoblaydi.
AQSh prezidenti Jo Bayden “Viloyat Xuroson” yetakchilari va obyektlariga zarba berish to‘g‘risida buyruq berdi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.