TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligi arafasida prezidentning tegishli farmonlariga muvofiq quyidagi xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga Favqulodda va Muxtor Elchi oliy diplomatik martabasi berildi:
Xitoy Xalq Respublikasidagi elchi Baxtiyor Saidov;
Turkiya Respublikasidagi elchi Alisher Agzamxodjayev;
Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchi Javlon Vaxabov;
Rossiya Federatsiyasidagi elchi Botirjon Asadov;
Koreya Respublikasidagi elchi Vitaliy Fen;
Quvayt Davlatidagi elchi Baxrom A’loyev.