Rossiya olimlari O‘zbekistondagi qadimiy qo‘lozmalarni saqlashga yordam bermoqda

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lozmalar xazinasida 26 000 jildga yaqin qo‘lozma mavjud.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga press-tur tashkil etildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Restavratsiya drevnix rukopisey
Jurnalistlarga institut faoliyati va bu yerda kechayotgan ilmiy jarayonlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Institutda saqlanayotgan asarlarning eng qadimiysi IX asrga, eng yangilari esa XX asr o‘rtalariga taalluqlidir.
Restavratsiya drevnix rukopisey
Hozirgi vaqtda qo‘lozmalar xazinasida 26 000 jildga yaqin qo‘lozma mavjud. Toshbosma va nashr etilgan kitoblarning umumiy soni 40 000 jildni tashkil etadi. Bundan tashqari, 10 000 ga yaqin tarixiy hujjatlar ham saqlanadi. Ular Markaziy Osiyo va Sharq davlatlari tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Restavratsiya drevnix rukopisey
Institut Yosh olimlar kengashi raisi Hilola Nazirovaning ma’lum qilishicha, qo‘lozmalarni o‘rganish, dolzarb mavzularda tadqiqotlar o‘tkazish yuzasidan rossiyalik olimlar bilan muntazam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ular “Bilimkent” seminari doirasida o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etib kelishmoqda.
Restavratsiya drevnix rukopisey
“Biz aholida saqlanayotgan qadimiy qo‘lozmalarni ham qabul qilib olamiz. Lekin ularni kimoviy zararsizlantirib, asosiy fondga qo‘shishda muammolar bor edi. Bunda bizga Hamdo‘stlik mamlakatlari kutubxona sohasi mutaxassislari uchun tashkil etilgan doimiy seminar yordam berdi. Bizning iltimosimizga ko‘ra, Rossiya chet el adabiyoti kutubxonasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan mahorat saboqlarida qo‘lozmalarga ishlov berish va zararsizlantirish usullarini o‘zlashtirib oldik” – dedi institut restavratsiya bo‘limining yetakchi mutaxassisi Xadjayeva Bashorat.
Restavratsiya drevnix rukopisey
2000 yilda Institutning qo‘lozmalar xazinasi dunyodagi eng boy qo‘lozmalar majmualaridan biri sifatida YuNESKO Madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Restavratsiya drevnix rukopisey