TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston hukumati respublikadagi Afg‘oniston fuqarolariga vizalarni uzaytirishiga umid qilmoqda.
"O‘zbekistonda afg‘onlar ko‘p, biz ularning aniq sonini bilmaymiz. Ehtimol, rasmiylar bu odamlar uchun vizalarni uzaytirish haqida o‘ylashi kerak", - dedi Yevropa Ittifoqining respublikasidagi elchisi Sharlotta Adrian.
Adrian 2020-yilda O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi davrida transport cheklovlari sababli o‘z vataniga keta olmagan chet el fuqarolarining vizalarini bir necha bor uzaytirib berganligini eslatdi.
"Biz bu odamlar (afg‘onlar - Sputnik) ga qanday yordam berish haqida o‘ylash kerak (afg‘onlar. - Sputnik). Bu savol ochiq qolmoqda", - deb qo‘shimcha qildi elchi.