Buyuk Britaniya mudofaa vaziri: Qobul aeroportida yaqin soatlarda terakt sodir bo‘ladi

Ilgariroq Buyuk Britaniya TIV o‘z fuqarolariga shaharning aeroport qismiga bormaslikni tavsiya etgan edi
Sputnik
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Qobul aeroportida yaqin soatlarda terakt yuz beradi, deya ogohlantirdi.
"Britaniya hukumati bir necha soat ichida Qobul aeroportida terakt yuz berishini kutmoqda. Bir hafta ichida razvedka aeroportga uyushtirilayotgan hujum muqarrarligiga ishonch hosil qildi", - deb bayonot berdi Birlashgan qirollik Qurolli kuchlari vaziri Jeyms Xeppi.
Afg‘onistonni tark etgan yulduzlar – foto
Idora rahbari so‘zlariga ko‘ra, "Islom davlati"* jangarilari ommaviy evakuatsiya tufayli u yerda son-sanoqsiz odam to‘planganini, va bu holat "ularga qandaydir odamlarni dovdiratib qo‘yadigan narsaga qo‘l urishga imkon berishini" anglashmoqda.
Ilgariroq Buyuk Britaniya TIV o‘z fuqarolariga shaharning aeroport qismiga bormaslikni tavsiya etgan edi.

Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgarishi

Amerika harbiylari kontingenti chiqarilishi fonida "Tolibon"* jangarilari hujumni amalga oshirib, barcha yirik shaharlarni egallab oldi va yigirma yillik urush barham topdi, deya e’lon qilgan edi.
Endilikda mamlakatni boshqaruvchi kengash shakllantirilmoqda, u 12 kishidan iborat bo‘ladi.
Afg‘on poytaxti aeroporti orqali chet el fuqarolari va chet elliklar bilan hamkorlik qilgan mahalliy aholi evakuatsiyasi davom etmoqda.
*RFda ta’qiqlangan terrorchi uyushma.