Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot nosozlik tufayli aeroportga qaytdi

Toshkent-Moskva yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyot texnik sabablarga ko‘ra ortga qaytishga majbur bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Bugun, 25-avgust kuni, Toshkent-Moskva yo‘nalishida parvozni amalga oshirayotgan "Aeroflot" aviakompaniyasining SU-7103 reysi manzilga yetmasdan ortga qaytishiga majbur bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Toshkent aeroporti vakiliga tayangan holda xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportidan jadvalga muvofiq soat 05:10 da uchib ketgan layner soat 07:00 da texnik nosozlik sabab uchish maydoniga qaytib kelgan.
Aeroport vakili hozirda layner aeroportning favqulodda yo‘lagida ekani, bortda bo‘lganlardan hech kim jarohatlanmaganini bildirgan.