To‘rt kishi “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev 4 kishiga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berdi. Ularga oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan 4 kishiga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirildi. Farmon prezident saytida chop qilingan.
Oliy unvonga sazovor ko‘rilganlar:
Muhammad Ahmedov — Buxoro viloyati "Madaniyat Muhammad Ismat" fermer xo‘jaligi rahbari;
Shavkat Ayupov — O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori;
Ibrohim G‘ofurov — Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;
Munojotxon Yo‘lchiyeva — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kafedra mudiri.
Farmonda ularga unvon mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish, Vatan obodligi, turmush farovonligini ta’minlash borasidagi katta xizmatlari, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi, davlat va xalq manfaatlari yo‘lidagi fidokorona mehnati, ishlab chiqarish va ijtimoiy-ma’naviy sohalardagi ko‘p yillik samarali va ibratli faoliyati, yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun berilgani qayd etilgan.