Rossiyada "Katiba Tavhid val-Jihod"* guruhining 31 terrorchisi qo‘lga olindi - video

Rossiya maxsus operatsiya natijasida "Katiba Tavhid val-Jihod"* guruhining 31 nafar terrorchisini qo‘lga oldi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. FXX IIV va Rosgvardiya xodimlari bilan birgalikda "Katiba Tavhid val-Jihod" guruhining (Rossiyada taqiqlangan) 31 nafar terrorchisini qo‘lga oldi.
Maxsus operatsiya Moskva, Novosibirsk, Novosibirsk viloyati, Yakutsk, Krasnoyarsk va Kanskda o‘tkazildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, guruh a’zolari yollanganlarni urush zonalariga jo‘natib, Suriyadagi terrorchilarni moliyalashtirishgan, shuningdek, terrorchilik jinoyatlarini sodir etishga chaqirishgan.
Ularda taqiqlangan diniy adabiyotlar, targ‘ibot videolari, shuningdek aloqa, elektron axborot yig‘ish vositalari va bank kartalari aniqlandi.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.
"Katiba Tavhid val Jihod"* - radikal terrorchilik guruhi bo‘lib, u Yaqin Sharqda qator teraktlarni sodir etgan.
* 2019-yilda Moskva okrug harbiy sudi qarori bilan Rossiyada uning faoliyati taqiqlangan.