Rossiya Afg‘onistondan o‘zining va boshqa davlatlar fuqarolarini evakuatsiya qiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirig‘i bilan fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiyasi tashkillashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Rossiya mudofaa vazirligi Afg‘onistondan Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ukrainaning 500 nafardan ziyod fuqarosini olib chiqadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 25-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirig‘i bilan mudofaa vaziri Sergey Shoygu tomonidan fuqarolarni Afg‘onistondan harbiy-transport aviatsiyasi samolyotlari yordamida evakuatsiyasi tashkillashtirilgan.
Germaniya Kobuldan Toshkent orqali ikki mingdan ziyod kishini evakuatsiya qildi
Evakuatsiya uchun to‘rtta harbiy-transport samolyotlaridan tashkil topgan aviaguruh tuzilgan. Jalb qilingan har bir samolyot Afg‘onistondan olib chiqiladigan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun harbiy shifokor va hamshiralar brigadalari, zarur uskunalar hamda dori-darmonlar, ichimlik suv, oziq-ovqat va adollar bilan ta’minlangan