U Sputnik O‘zbekiston muxbiriga o‘zining og‘ir bolalik davri, muvaffaqiyati va model karyerasining ortidagi hayoti haqida so‘zlab berdi.
22 yoshli Nigina model biznesiga nisbatan yaqinda kirib keldi va O‘zbekistonning top-8 muvaffaqiyatli modellari, Markaziy Osiyoning top-8 eng chiroyli modellari va dunyoning top-40 eng taniqli o‘zbekistonliklar ro‘yxatida o‘rin oldi.
O‘zining birinchi go‘zallik tanlovida u 19 yoshida ishtirok yetdi va o‘shandan beri butun dunyoda o‘zini e’lon qilishga muvaffaq bo‘ldi. Nigina Top Model Friendship 2018, Fashion Model SNG 2018, Miss Intercontinental Uzbekistan 2019, Miss International O‘zbekiston 2020/2021 maqomlarni qo‘lga kiritgan. Oxirgisi unga avtomatik ravishda Miss O‘zbekiston maqomini beradi. Hozir Nigina Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan "Miss International 2021" 60-xalqaro tanlovi - navbatdagi cho‘qqini zabt yetishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Model Nigina Faxriddinova
© Iz lichnogo arxiva Faxriddinovoy
- Model biznesiga qanday keldingiz, axir siz Toshkentdan emassizku?
— Navoiy shahrida tug‘ilib o‘sganman, tomirlarimda tojik qoni ham oqadi. Taxminan besh yil oldin, oilamiz bilan poytaxtga ko‘chib o‘tdik. Bolaligim qiyin kechgan. O‘gay otam tomonidan men bir necha bor ruhiy va psixologik zo‘ravonlikka duchor bo‘ldim, hatto kaltaklandim. Agar yaqinlarimga biror narsani aytib berishga harakat qilsam, ular menga ishonishmadi. Bir kun u mening boshiga urdi. Shikastlanish natijasida boshimda o‘sma hosil bo‘ldi. Yaxshiyamki, u xavfsiz olib tashlandi, ammo operatsiyadan oldin shifokorlar hech qanday kafolat bermadi, men undan xolos bo‘la olmasdim yoki nogiron bo‘lib qolishim mumkin edi. Shifokor bunday jarohatga faqat zarba yoki qattiq jarohat sabab bo‘lishi mumkinligini tasdiqlagach, uydagi vaziyat o‘zgara boshladi.
Juda qiziquvchan bo‘lib o‘sdim. Barcha hujum, qayg‘u va depressiv holatlardan o‘zimni qandaydir chalg‘itishim kerak edi. Rasm chizishni, qo‘shiq kuylashni, raqsga tushish, taom pishirishni o‘zim o‘rgandim. Hatto ikkita qizil diplomim bor — oshpaz va qandolatchi. Hech qanday sharoitda bola buni boshdan kechirmasligi kerak. Lekin men uddaladim, va bu meni juda kuchli qildi.
O‘z otam tarafidan kelgan qarindoshlar bir necha bor o‘zimni model sifatida sinab ko‘rishim kerakligini aytishdi. Men bu haqda hech qachon o‘ylamagandim, faqat to‘g‘ri keladigan parametrlardan bo‘yim 172 sm bo‘lgan. Operatsiyadan keyin gormonal dori-darmonlarni oldim, shuning uchun juda semirdim. Toshkentga kelganimizda, meni ham jurnalist bo‘lgan xolam juda qo‘llab-quvvatladilar. Uning Facebook sahifasida model agentligi uchun kasting haqida xabar chiqdi. U ishtirok etishga taklif qildi. Onamning fikridan qo‘rqardim, uning roziligi juda muhim edi. Men qat’iy tarbiyalangan edim, har doim qattiq chegaralar bor edi: hech qanday kupalniklar, qisqa yubka va shortik mumkin emas. Ajablanarlisi, onam meni qo‘llab-quvvatladilar, va men ishonch bilan tayyorgarlik ko‘rishni boshladim. Avvalo, vazn yo‘qotishim kerak edi, vaznim 74 kg edi uch haftalik qattiq parhezdan keyin 62 kgga erishdim. Kastingdan o‘tdim, lekin ko‘proq vazn yo‘qotaman degan shart bilan. Umuman olganda, 18 kg vazn yo‘qotdim. Tez orada men bu model agentligi foydasiz va istiqbolsiz ekanligini tushundim. Men boshqa joyga o‘tdim va bu yerda ish boshladi.
- Model sifatida ilk daromadingizni eslay olasizmi?
- Forumlar saroyida namoyish, podiumda ish edi. Bizga 350 ming so‘m to‘landi. Men namoyishda deyarli tantanali yurishni bilmasdim. Aslida, agar siz top model bo‘lmasangiz, unda siz bu ishda yaxshi pul topa olmaysiz. Men bu ishni xobbi sifatida uni yoki asosiy ishim qilish haqida o‘ylanib qoldim. Men bu biznesning ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rib chiqdim. Model har doim rivojlanishi, o‘ziga qarashi, , e’tiborni tortishi kerak. Bu juda raqobatli muhiti, ko‘pincha qattiq va ba’zan adolatsiz. Lekin shuni angladimki, bu ish menga yoqadi, men ijodkor insonman va bunda orzu-umidlarim ro‘yobga chiqaraman.
- Nega go‘zallik tanlovlariga e’tibor qaratishga qaror qildingiz?
- Men "MDHning top modeli"da qatnashganimda barcha tanlovlar bir xil edi, ularning farqlarini tushunmaganman. Bunday holda bu faqat Armanistonda turizmni rivojlantirishga qaratilgan turizm tanlovi edi. Men ikkita nominatsiya olgan yagona ishtirokchi edim. Shundan so‘ng O‘zbekistonda modeling rivojlana boshlaganini angladim, ammo go‘zallik tanlovlari yo‘nalishi esa - yo‘q. Ular bu yerda o‘tkazilmaydi, ular haqida hech kim bilmaydi. Va men bu yo‘nalishni rivojlantirishni xohlashimni tushundim.
Model Nigina Faxriddinova
© Iz lichnogo arxiva Faxriddinovoy
Oliy toifali barcha tanlovlar bir-biridan farq qiladi. Masalan, “Dunyo go‘zali” o‘ziga xos xususiyati - hayriya. G‘oliba tashkilotchilar bilan shartnoma imzolaydi va Londonda bir yil yashaydi. U dunyo brendlar uchun moda namoyishlari va fotosessiyalarda ishtirok etadi, ammo ko‘p vaqtini uchinchi jahon mamlakatlarida o‘tkazadi. Bu mamlakatlarning ijtimoiy muammolariga e’tibor qaratadi. “Koinot go‘zali” tanlovi faqat model karyerasiga qaratilgan. Uning g‘olibasi 45 ming dollar mukofot oladi, Nyu-Yorkda bir yil yashaydi va New York Film Academy tahsil oladi. Biz hozir tayyorlayotgan "Miss Interneshnl" - xalqlar do‘stligiga bag‘ishlangan. Bu yil O‘zbekiston birinchi marta unda ishtirok etadi. Uning maqsadi - ishtirokchi mamlakatlarning urf-odatlari, madaniyati bilan tanishish, jahon hamjamiyatida tinchlik va o‘zaro anglashuvning ahamiyatini targ‘ib qilishdan iborat. Bu yerda modelning parametrlari va uning tashqi ko‘rinishi emas, balki ishtirokchining ma’naviy dunyosi va o‘z mamlakatlarini butun dunyoga ko‘rsata olish qobiliyati muhim.
Men butun ijtimoiy tarmoqlarni, YouTube, kastinglarni tahlil qildim, qanday go‘zallik tanlovlar bor, nima uchun ular kerak va qanday qatnashish mumkin. Men o‘z oldimga oliy toifaning eng nufuzli uchta tanlovda: "Dunyo go‘zali", "Koinot go‘zali", "Miss Interneshnl" tanlovlarida qatnashishni maqsad qildim.
— Qanday qiyinchiliklarga duch kelmoqdasiz?
— Xalqaro go‘zallik tanlovlarida ismingizni hech kim bilmaydi. Har bir ishtirokchi-Miss Rossiya, Miss Malayziya, Miss Tojikiston va boshqalar. Men nafaqat O‘zbekiston uchun yangi yo‘nalishda modellik faoliyatini yuritishim, balki mamlakatimizni jahon sahnasida yangicha qiyofada namoyon etishim mumkinligini angladim. Armanistondagi tanlovda ishtirok etganimdan so‘ng, kamida “Dunyo go‘zali” tanlovida ishtirok etishni maqsad qilganman. Men ikki toifasida yagona g‘oliba bo‘lganman: Top Model Friendship 2018 va Fashion Model SNG 2018. Shundan so‘ng musobaqalarga bo‘lgan munosabatimni qayta ko‘rib chiqdim va tanlov modeli bo‘lishni istaganimni angladim.
Xalqaro tanlovlar tashkilotchilariga murojaat qila boshladim. O‘zim haqimdagi barcha ma’lumotlarni yubordim. Lekin har gal bitta javob oldim: "Kechirasiz, biz siz bilan hamkorlik qila olmaymiz, chunki mamlakatingizda “Miss O‘zbekiston” milliy tanlovi o‘tkazilmaydi". Men bu vaziyatdan chiqish yo‘lini izlay boshladim. Men tasodifan go‘zallik tanlovlarda qizlarni yuboradigan Ukraina model agentligi haqida ma’lumotni topdim. Ular bilan bog‘landim. Ular “Miss Interkontinental” uchun qatnashuvchilarni qidirishgandi. Natijada 30 ishtirokchi tanlab olindi, men ham, Puerto-Rikoga hujjatlar yuborildi. Men bu tanlovdan o‘tdim. Mening ishtirokim uchun homiylar kerak edi. Onam bilan men hamma joyga – Davlat turizm qo‘mitasidan tortib, prezidentimizning virtual qabulxonasigacha murojaat qildik. Lekin, afsuski, hech narsaga erisha olmadik.
Asosiy muammo: "O‘zbekiston interkontinental go‘zali" unvoniga ega bo‘lishim uchun 1,5 ming yevro miqdoridagi franshiza kerak edi. Aslida, u milliy tanlov tashkilotchisi tomonidan to‘lanadi. Tanlov tashkilotchilarining o‘zlari tomonidan tanlab olinganim tufayli avtomatik ravishda "Miss O‘zbekiston" unvonini oldim.
Natijada ishtirok yetishim uchun 15 ming dollar qarz oldik. Menga bir necha ming dollar turadigan ikkita - milliy va kechki libos tikildi. Oppoq patlardan yasalgan kechki libos Humo qushi ramzi edi. Dizayner Iroda Agzamxo‘ja libosni mening eskizlarim asosida yaratdi, u xonanda Rayhon uchun konsert liboslarini tayyorlaydi. Rayxon bu libosni ko‘rganida, uni biror tantanali tadbirga kiyishni iltimos qildi. Lekin, albatta, men bunga qarshi bo‘ldim.
Model Nigina Faxriddinova
© Iz lichnogo arxiva Faxriddinovoy
Hozir yana eskizlarim bo‘yicha milliy va kechki liboslarni tayyorlayapmiz. Bu safar kechki libos mavzusi - galaktika. Lekin tanlov shartlariga ko‘ra, tafsilotlarni ayta olmayman.
Bundan tashqari, yoqimli narsa - ijtimoiy tarmoqlardagi hujumlar. Ayniqsa, kupalnik va ochiq liboslardagi fotosessiyalar uchun tanqid qilinadi. Axir, gimnastikachilar va sinxron suzuvchilar bor ... Ularning liboslari – sport obrazining bir qismidir va u jamiyat tomonidan agressiv ravishda qoralanmaydi. Bizning holatimizda - bu ish. Men bunday tanqid uncha tushunarsiz.
- Bu tanlovlarda sizga kimdir vakillik qiladimi?
— Avvaliga bu katta muammo edi. Avvalgi tanlovda men va MDHdan bir necha boshqa ishtirokchilar milliy vakilsiz edik. Lekin “Miss Interneyshnl”da osonroq bo‘ladi. Gektor Xoakin mening tayyorgarligim, fe’l-atvor, puxtalik, mas’uliyat va ma’naviy rivojlanishni ko‘rib, “Koinot go‘zali”da ishtirok etish uchun taklif qildi. U go‘zallik tanlovi sohasida taniqli shaxs, milliy vakili bo‘lib chiqadi. Avval “Miss Interneshnl”da ishtirok etishga qaror qildik, endi Gektor meni vakilim.
Model Nigina Faxriddinova
© Iz lichnogo arxiva Faxriddinovoy
- Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan tanlovga homiy topa oldingizmi?
— Ha, bu O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalardan biri. Men ilgari ular bilan hamkorlik qilganman, ularning reklama va fotosessiyalar suratga tushganman.
— Xalqaro go‘zallik tanlovlarini qanchalik adolatli deb aytish mumkin?
— Umuman olganda, u yerda hamma narsa adolatli. Yillar davomida o‘z reputatsiyasini qo‘lga kiritgan xalqaro tanlov, uni yo‘qotishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Ishtirokchilardatushunmovchiliklar oldini olish uchun xavfsizlik xodimlari bor. Tanlov shartlariga ko‘ra, hech qaysi ishtirokchi tashkilotchilardan birortasi bilan uchrashish yoki suhbatlashish huquqiga ega emas. Tanlov ishtirokchilaridan birining libosiga zarar yetkazishning ham iloji yo‘q, chunki tanlov qatnashchilarining kiyimi o‘z xonalarida bo‘ladi. Butun dunyo va internetda efirga uzatiladi. Tomoshabinlar o‘zlari tanlovning xolisligini baholashlari mumkin. Albatta, g‘alati vaziyatlar sodir bo‘lishi mumkin. Lekin bu har qanday musobaqada bo‘lishi mumkin. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Tokio Olimpiadasida badiiy gimnastika bilan bog‘liq vaziyat bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Nigina Faxriddinova predstavlyala na konkurse «Top-model SNG-2018» Uzbekistan
Ishtirokchilar o‘zaro muloqotga kelsak, biz boshida tanishamiz, muloqot qilamiz va bir-birimizga kulamiz. Lekin final yaqinlashishi bilan raqobat hissi ortib, bir-biriga nisbatan samimiy munosabat kamayadi. Men samimiy insonman, va o‘zimda buni boshdan kechirish, ayniqsa, qiyin.
- Nega aynan model sifatida go‘zallik tanlovlarida muvaffaqiyat qozonishga intilasiz?
— Men bu yerda muvaffaqiyatli boshladim. Bundan tashqari, bunday tanlovlar bo‘yicha muayan xalqning go‘zalligini baholaydigan davlatlarning xalqaro reytinglari tuziladi. Misol uchun, eng chiroyli odamlari Venesuela aholisi hisoblanadi, chunki ko‘pincha ular bunday tanlovlarda g‘alaba qozonadilar. Ulardan keyin Hindiston va AQSh. O‘zbekiston yaqinda bu reytingga kiritildi va hozirgacha afsuski, u yerda oxirgi o‘rinni egallab turibmiz.
O‘zbekiston go‘zallik industriyasida katta e’tiborni tortadi, chunki mamlakatimiz yangi ishtirokchi, yangi narsa esa doim qiziqarli. Bu urf-odatlarimiz, madaniyatimiz, milliy liboslarimiz, o‘zbek qizlarining go‘zalligi. Shu sababli ham "O‘zbekiston interkontinental go‘zali" unvonini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldim. O‘zbekiston 48-yil davomida ilk bor tanlovda ishtirok etdi. Bu g‘alaba e’tiborni jalb qilish va yanada nufuzli tanlovlarda ishtirok yetish uchun taklif olish imkonini berdi.
- Go‘zallik tanlovlarida ishtirok etishning salbiy tomoni bormi?
— Bunday modellar qat’iy yosh talablariga qo‘yiladi. Faqat 28 yoshga qadar ishtirok yetish mumkin va ishtirokchi turmushga chiqmaganligi va farzandi bo‘lmasligi kerak. Maqsadim - “Dunyo go‘zali”. Agar u yerda g‘alaba qozona olmasam, hech bo‘lmasa O‘zbekiston nomidan u yerda ishtirok etishim kerak. Umid qilamanki, bu yaqin yillarda sodir bo‘ladi.
- Model biznesida muvaffaqiyatga erishish uchun, xususan, go‘zallik tanlovlar, qattiq sa’y-harakatlar, vaqt va pul sarflash kerak. Nima uchun siz bularga bardosh bermoqdasiz?
— Mening misolimda shuni ko‘rsatmoqchimanki, hayotingiz qanchalik og‘ir bo‘lmasin, har kim istasa va harakat qilishni boshlasa, uni o‘zgartirishi mumkin.
- Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan tanlovda muvaffaqiyatingizni qanday baholaysiz?
— Unda 85 dan ortiq davlat ishtirok etadi. Men u yerda shakllangan tanlov tizimiga qarshi yolg‘iz ishtirok etaman.
Nigina Faxriddinova
© Instagram
Boshqa davlatlardan kelganishtirokchilarning g‘alabasida ijtimoiy birdamlik va qo‘llab-quvvatlashi katta rol o‘ynaydi.
Ular o‘z ishtirokchilariga ovoz berishadi, fan-sahifalarini yaratadilar va qo‘llab-quvvatlash postlarini yozishadi. Ishtirokchi eng jozibador ko‘rinishga ega bo‘lmasligi mumkin, lekin uning mamlakati qo‘llab-quvvatlashi tufayli, unda g‘alabaga ko‘proq ishonch bo‘ladi. Bu jarayonda mahalliy OAVlar ham ko‘maklashadi. Darvoqe, bu tanlov ishtirokchilaridan arizalarni ko‘rib chiqishda ham inobatga olinadi. Tashkilotchilar ishtirokchi mamlakat o‘z ishtirokchisining g‘alabasidan manfaatdor ekanini ko‘rishlari kerak. Mening holatimda bunday ko‘mak deyarli yo‘q, lekin men iftixor bilan O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib, podiumga chiqaman.