TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida katta yoshdagi kishi yosh bolani urayotgani aks etgan video tarqaldi.
Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22-avgust kuni D.O‘. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘g‘lini urgan qo‘shnisiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Aniqlanishicha, shu kuni soat 14:00 larda Chilonzor tumani 8-mavzeda istiqomat qiluvchi yosh bolalar o‘zaro urishib qolgan. Ularning tortishuviga bolalardan birining otasi 35 yoshli Q.B. aralashgan. U voyaga yetmagan 11 yoshli bola K.A.ni urib, tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Voyaga yetmagan K.A.ga yetkazilgan tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.