TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Shveysariya hukumati tomonidan beg‘araz ko‘mak sifatida taqdim etilgan tibbiy niqoblar O‘zbekistonga olib kelindi Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabar qilmoqda.
Jami FFP2 markali 1 145 000 dona tibbiy niqoblar olib kelingan. Ular koronavirusga qarshi kurashish doirasida O‘zbekiston tibbiyot muassasalarining tibbiy ta’minot zaxiralarini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida jo‘natilgan.
Toshkent aeroportida taqdim etilgan tibbiy niqoblar hukumat vakillari tomonidan qabul qilib olingan