TOShKENT, 24 avg – Sputnik. “Shimoliy oqim-2” qurilishi yakunlanishiga qadar bir necha hafta qoldi. Bu haqda Rossiya TIV iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiy ma’lum qildi.
“Loyiha yakunlanish arafasida. Qurilish yakunlanishiga qadar bir necha hafta qoldi”, - degan diplomat. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Shimoliy oqim-2” yiliga 55 milliard metr kub gaz o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lga ikkita gaz quvuridan iborat bo‘lib, Rossidan boshlanadi va Boltiq dengizi orqali Germanya hududiga qadar yetib boradi.
AQSh ushbu loyihaga keskin qarshi chiqmoqda va 2019-yilning dekabridan boshlab loyihada ishtirok etayotgan barcha kompaniyalarga qarshi qattiq sanksiyalar qo‘llay boshlagan. Oqibatda Shveysariyaning quvur yotqizuvchi “Allseas” kompaniyasi ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.
Rossiya ushbu loyihadan faqat iqtisodiy maqsad yo‘lida foydalanishni niyat qilganini bir necha bor ta’kidlashiga qaramasdan, AQSh, Ukraina, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari “Shimoliy oqim-2” qurilishini to‘xtatib qolishga urinishmoqda.