TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib Sanobar Nosirova tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Nosirovaning nomzodi Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’qullangan.
Sanobar Nosirova Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
© Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati
Sanobar Nosirova 1970-yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini hamda 2005-yilda Andijon muhandislik va iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1992-yili Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Savoy qishloq xo‘jalik texnikumida o‘qituvchilikdan boshlagan.
Turli yillarda "G‘allabank"ning Qo‘rg‘ontepa tumani filialida kassir, bosh hisobchi, boshqaruvchi vazifalarida va Qo‘rg‘ontepa tumani "Buyuk turon invest" kredit uyushmasining ijrosi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2016 yildan tayinlovga qadar Qo‘rg‘ontepa tumani "El rizqi non" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘ston tumanining sobiq hokimi Sadbarxon Mamitova 56 yoshida vafot etgani xabar qilingan edi.