O‘zbekiston KXShTga qaytish masalasini ko‘targani yo‘q - Zas

Ayni vaqtda KXShTga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston a’zo.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. KXShT bosh kotibi Stanislav Zas RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan sammitda qanday masalalar kun tartibidan o‘rin olmagani haqida so‘zladi.
Afg‘onistondagi vaziyat ziddiylashuvi fonida O‘zbekistonning tashkilotga a’zoligi qayta tiklanishi masalasi yig‘ilish davomida ko‘tarilmadi, deb aytgan Zas.
"(O‘zbekiston) bu masalani ko‘tarmadi (KXShTda a’zolikni qayta tiklash – tahr.). (Bu masala bilan) murojaat qilmadi. Hammasi eng avvalo O‘zbekiston irodasiga bog‘liq bo‘ladi", - degan KXShT bosh kotibi Stanislav Zas.
O‘zbekiston MOda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashadi - Mirziyoyev
O‘zbekiston joriy sammitda taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etdi.
Ayni vaqtda KXShTga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston a’zo.
Afg‘oniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi vaziyat amerika qo‘shinlari chiqarilishi fonida o‘ta keskin tus oldi. So‘nggi haftalarda radikal harakat yetakchilari yirik hududlar va shaharlarni bosib olmoqda. Jangarilar yakshanba kuni Qobulni o‘z nazoratiga oldi, prezident Ashraf G‘ani esa "qirg‘in-barotning oldini olish maqsadida" mamlakatni tark etdi.