TOShKENT, 24 avg – Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yilda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq 53 ta holatlarda 55 nafar chet el fuqarolari ushlangan. Bundan Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ular Afg‘oniston (23 nafar), Tojikiston (9), Qozog‘iston (9), Qirg‘iziston (6), Rossiya (6), Moldova (2) fuqarolaridir. Ulardan jami 303,2 kg giyohvandlik vositalari musodara qilingan.
2020 yilda O‘zbekistonda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 6032 (5026) ta, ya’ni avvalgi yilga nisbatan 20 foiz ko‘proq jinoyat fosh etilgan.
O‘tgan yili respublikada noqonuniy muomaladan 1542,6kg narkotik moddalar musodara qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,5 foizga ko‘p.