TOShKENT, 24 avg — Sputnik. “Olib qochilgan Ukraina samolyoti" Afg‘onistondan uchib chiqib, hech qanday hodisa yuz bermay Eronga yetib bordi. Bu haqda RIA Novostiga Eron fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi vakili Muhammad Xasan Zibaxsh ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mashhadda samolyotga yonilg‘i quyilgan va Kiyev tomon uchib ketgan.
Samolyot kechki payt havo kemasi xavfsiz tarzda Ukraina poytaxti aeroportiga qo‘ndi.
"Samolyot o‘g‘irlab ketilgani yo‘q, samolyot Ukrainaniki emas edi", - dedi suhbatdosh.
Bundan avval, Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Yenin ukrainaliklarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishi kerak bo‘lgan Ukraina samolyoti noma’lum shaxslar tomonidan ushlanib, boshqa yo‘lovchilar birga Eronga olib ketilgani haqida ma’lum qildi.
Keyinchalik Ukraina TIV bu xabarni rad etdi.