TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘tgan dam olish kunlarida Sankt-Peterburgda chet el fuqarolari o‘rtasida to‘qnashuv ro‘y berdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga tayangan holda.
Xabarga ko‘ra, tojikistonlik va o‘zbekistonlik migrantlar 22-avgust kuni Krasnoselskaya shosse yaqinidagi uyning oldida mushtlashishgan.
Ommaviy to‘qnashuvda 25 kishi ishtirok etgan. Mojaro ishtirokchilaridan biri pichoqdan olingan jarohatdan so‘ng og‘ir ahvolda kasalxonaga olib ketilgan.
Mushtlashuvning to‘rt ishtirokchisi qo‘lga olingan, ulardan biri deportatsiya qilinishi mumkin.
Migrantlarning yana 14 nafari ilgariroq politsiya bo‘linmasiga yetkazilgan. Taxminlarga ko‘ra, ular ham ommaviy mushtlashuvda ishtirok etishgan, ammo unchalik katta bo‘lmagan jarima to‘lab, hibsxonadan chiqishga muvaffaq bo‘lganlar.
Migrantlar o‘rtasidagi mojaro sabablari aytilmayapti, tergov harakatlari olib borilmoqda.