Ayrim xorijliklarning Rossiyaga kirishini taqiqlash taklif qilindi – ular kimlar

Rossiyalik deputatlar rusofoblarning mamlakatga kirishini taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqishdi.
Sputnik
Gap rusiyzabonlarga o‘z adovatini bildirgan yoki Ulug‘ Vatan urushi faxriylarini haqorat qilgan chet elliklar haqida bormoqda.
Bunday qonun loyihasini ishlab chiqishga MDH hududida kuchayib borayotgan rusofob kayfiyat sabab bo‘lgan.
Hujjat mualliflaridan biri deputat Aleksandr Xinshteyn Rossiyaning turli millatchi, shovinist va ekstremistlarga ehtiyoji yo‘qligini bildirdi.
Davlat dumasi deputati Sputnik agentligiga bergan intervyusida bu choralar faqat ochiq-oydin va omma oldida rus tili va mamlakat tarixiga nafrat ko‘zi bilan qaraganlarga ko‘rilishini ta’kidladi.