Rossiyaga ketayotgan migrantlar emlanishi shartmi - mutaxassis javobi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillarining aytishicha, O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga borgach, "ish beruvchining talabiga ko‘ra" emlanishga majbur bo‘lishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Rossiyalik ish beruvchilar va ularning vakillari bilan tuzilgan kelishuvlarda majburiy vaksinatsiya ko‘zda tutilmagan, ammo emlangandan keyin RFga yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolari 14 kunlik karantinda o‘tirmaydi.
Bu haqda bugun, O‘zbekiston fukarolari 1-sentabrdan Rossiya hududiga "Puteshestvuyu bez COVID-l9" mobil ilovasiga PZR-testning manfiy natijasini kiritish orqali kirishi yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida ma’lum qilindi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillarining aytishicha, O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga borgach, "ish beruvchining talabiga ko‘ra" emlanishga majbur bo‘lishi mumkin.