O‘zgidromet: yoz o‘z o‘rnini bo‘shatishga shoshilmayapti

Haftaning birinchi yarmida respublika hududida meyordan 2-3 darajaga yuqori bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Haftada davomida O‘zbekiston hududida avgust oyining oxirgi o‘n kunligiga xos bo‘lgan asosan kam bulutli issiq ob-havo va ba’zi joylarda biroz esadigan shamollar ustunlik qiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Hafta davomida faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 23-24 avgust kunlari tog‘ va tog‘oldi hududlarda momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Haftaning birinchi yarmida respublika hududida meyordan 2-3 darajaga yuqori bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi va faqat haftaning ikkinchi yarmida harorat asta-sekin pasayishni boshlaydi.
Hafta davomida harorat kechalari +17...+22 daraja, kunduz kunlari 23-26 avgustda +33...+38daraja, 27-28 avgustda +31...+36 daraja atrofida bo‘ladi.