Mirziyoyev va Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Seremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe
Telefon orqali suhbatda Afg‘onistondagi bugungi notinch vaziyatga alohida e’tibor berilgan.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Tojikiston prezidenti Emolmali Rahmon o‘zbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tojikiston rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Afg‘oniston Islom Respublikasidagi bugungi notinch vaziyatga alohida e’tibor berildi”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, suhbat davomida ikki davlat yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning boshqa dolzarb masalalari va umuman mintaqadagi vaziyatni muhokama qilgan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Mirziyoyev KXShT sammitida mehmon sifatida ishtirok etadi - Asadov