TOShKENT, 23 avg – Sputnik. 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga xorijdan 432 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 364 taga ko‘p. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
O‘zbekistonga asosan Xitoydan (388 ta) elektromobillar import qilingan. Import qilingan davlatlar orasida Turkiya (24 ta), AQSh (6), Koreya (5), Germaniya (4), Litva (1), Ispaniya (1), Rossiya (1), Gongkong (1), BAA (1) ham bor.
Shu oylarda import qilingan elektromobillar uchun 7,7 mln dollar sarflangan.