“Ro‘yxatda yo‘qsiz”: Klichkoga Merkelni aeroportda kutib olishga imkon berishmadi

Klichko joylashtirgan videoda mer ro‘yxatda bo‘lmagani sabab aeroportga kiritilmasligi aytiladi.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Kiyev meri Vitaliy Klichko uni Borispol aeroportiga Germaniya kansleri Angela Merkelni kutib olishga kiritishmaganini ma’lum qildi.
“Borispol aeroprtiga keldim, u yerda, protokolga binoan, poytaxt meri sifatida Germaniya kansleri Angela Merkelni kutib olishi kerak edim. Uning Kiyevga oldingi tashriflaridagi kabi. Biroq su safar meni kiritishmadi. Kuch bilan, albatta, kirmayman”, - deya yozdi u o‘zining Telegram kanalida.
Klichko joylashtirgan videoda mer ro‘yxatda bo‘lmagani sabab aeroportga kiritilmasligi aytiladi.
“Bunaqasi mer faoliyatimdagi birinchisi. Shu bois qiziq: “g‘arbparast” Ukraina Ichki ishlar vaziri zudlik bilan tadbir qoidalarini buzishua qaror qildimi? Buyruq olib, titraganlaridan bunaqa sirk ko‘rsatishdimi?”, - deya g‘azabini yashirmagan Kiyev meri.
Avvalroq ukrain OAVlari prezident Vladimir Zelenskiy tez orada Klichkodan Kiyev meri lavozimidan ketishini iltimos qilishi mumkinligi haqida yozgandi.