Qo‘shimcha test sinovlari 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi

Tana harorati yuqori bo‘lgan abituriyentlar uchun test 23-avgust kuni o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingani uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida qatnasha olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar qilmoqda.
Test sinovlarida quyidagilar qatnasha oladi:
test sinoviga kelgan vaqtda tana harorati 37 gradusdan yuqori ekanligi aniqlangan va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan abituriyentlar;
16 avgustga qadar koronavirusga chalinganligi sababli qo‘shimcha test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bilan murojaat qilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirusga chalinganligi tasdiqlangan abituriyentlar.
Aniqlik kiritilishicha, qayta tashkil etilgan test kuni ham tana harorati 37 gradusdan yuqori bo‘lgan yoki koronavirusdan to‘liq sog‘aymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.
Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish hududi sifatida o‘zlari tanlagan hududda test sinovida ishtirok etadi.
Mehnat bozorida Rossiya OTMlari filiallari bitiruvchilariga talab qanchalik yuqori?
Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tegishli ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng, 21-avgust kunidan boshlab my.dtm.uz sayti orqali yuklab olishi mumkin bo‘ladi.