TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin afg‘on qochoqlarini ular viza olgunga qadar Markaziy Osiyo mamlakatlariga joylashtirish g‘oyasini qoraladi.
Rossiya rahbari AQSh o‘ziga vizasiz migrantlarni qabul qilmayotganini inobatga olib, bu adolatsiz ekanini ta’kidladi.
“Bu mamlakatlarga, qo‘shnilarimizga, vizasiz jo‘natish mumkin, o‘zlariga esa vizasiz olishni xohlashmaydimi? Bu masalani hal qilishdagi qanday haqoratomuz yondashuv”, - dedi u “Yedinaya Rossiya” partiya vakillari bilan uchrashuvda.
Putin Afg‘onistondagi vaziyatning Rossiya xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi borligini qo‘shimcha qildi.
U qochoqlar masalasi KXTSh sammiti va boshqa tadbirlarda muhokama qilinishini bildirdi.
Rossiya yetakchisi G‘arb Markaziy Osiyo mamlakatlaridan qochoqlar uchun AQSh va Yevropaga viza olgunlariga qadar “tranzit punktlari” sifatida foydalanmoqchi ekanini aytdi.