“O‘ztransgaz” rahbari o‘zgardi

Noviy predsedatel pravleniya AO Uztransgaz Bexzot Narmatov
"O‘ztransgaz" AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Saidov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Behzod Normatov egalladi.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Behzod Normatov “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Vazirlar mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.
Normatov “Andijonneft” AJ boshqaruvi raisi, Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar u energetika vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Normatov kompaniyani 2019-yil iyul oyidan buyon boshqarib kelayotgan Ulug‘bek Saidov o‘rniga rahbar etib tayinlandi.
Perviy zamministra investitsiy i vneshney torgovli Laziz Kudratov
Laziz Qudratov Strategik rivojlanish agentligiga rahbarga bo‘ldi