O‘zbekistonga o‘zbek–xitoy vaksinasining yana 3 mln dozasi keltirildi

Mamlakatga keltirilgan jami vaksina 17 million 856 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekistonga o‘zbek–xitoy vaksinasining yana 3 mln dozasi keltirildi. Bu haqda mamlakat SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatga keltirilgan jami vaksina 17 million 856 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan 370 000 dozasi "Sputnik V", 986 480 dozasi AstraZeneca, 13 500 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001, 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
Kelasi 3 oy ichida qanday vaksinalar O‘zbekistonga olib kelinadi
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar 12 million 750 ming 44 doza vaksina emlash jarayonlarida foydalanildi. Koronavirusga qarshi 1 million 479 ming 304 kishi to‘liq emlangan.