TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Kobul aeroportini u yerda bo‘lganlarni evakuatsiya qilish uchun 48 soatga yopishadi. Bu haqda “Khaama Press” AQSh Davlat departamentiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Shu bilan birga, aeroport darvozasi oldida mamlakat tark etmoqchi bo‘lgan minglab kishilar to‘plangan.
Toliblar* yaqin soatlarda vaziyatni izga solish va aeroportdan chiqish tartibini yengillashtirish niyatida ekanliklarini bildirishdi.
“Kobul aeroportidan chiqish uchun yo‘lni ochish tartib va qonunga rioya qilish uchun zarur”, - degan harakat vakili RIA Novostiga.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti