Qirq nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

40 nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. 40 nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va “Meros Solyushn” korxonasi (RF) o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi asosida mintaqaviy filiallarida qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida tanlov o‘tkazilgandi.
Rossiyadan O‘zbekistonga 20 ta zamonaviy metro vagonlari yuborildi
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tib, tibbiy ko‘rik natijalari ijobiy chiqqan 24 nafar fuqaro Toshkent – Moskva yo‘nalishidagi aviareys orqali vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tartibda Rossiyaga jo‘natildi.
Shuningdek, “Baltrans” korxonaci o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan 16 nafar fuqaro qurilish obyektlarida ishlash uchun yuborildi.