Moskva viloyatidagi masjidda tekshiruv o‘tkazildi: 140 nafar migrant qo‘lga olindi

Kotelnikida 140 dan ortiq migrant qo‘lga olindi, deb ma’lum qildi manba.
Sputnik
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Kuni kecha 140 nafardan ortiq chet ellik Moskva viloyati Kotelnikidagi politsiya bo‘limiga olib kelindi, deb xabar berdi RIA Novosti IIVdagi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tezkor xodimlar Kotelnikidagi masjidda juma namoziga yig‘ilgan kishilarni tekshiruvdan o‘tkazdi, lekin operatsiya tafsilotlariga aniqlik kiritmadi.
Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin migrant “deport” qilindi
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, asosan yaqin xorij davlatlar fuqarolari haqida gap ketmoqda, agar qonunbuzarliklar holatlari aniqlansa, ularga ma’muriy protokollar rasmiylashtiriladi.
Advokat Lidiya Samsonova 60 nafarga yaqin migrant “Lyuberesskiy” politsiya bo‘limiga olib kelinganini ma’lum qildi. Tekshiruv vaqtida Moskva viloyatidagi masjidda 600 nafarga yaqin migrant bo‘lgan.
RIA Novosti hozircha bu holat yuzasidan rasmiy ma’lumotga ega emas.