TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Belarusda giyohvandlik va psixotrop moddalar ro‘yxati yangilandi. Unga isiriq, tibbiy maqsadlarda ishlatilmaydigan o‘ta xavfli o‘simlik sifatida kiritildi.
Yangi qoidalar haqida Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi ogohlantirdi.
“Belarus Respublikasi bojxona organlari ma’lumotlariga ko‘ra, Belarus Respublikasida davlat nazoratiga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning respublika ro‘yxatiga ko‘ra, "garmalin" va "garmin" tibbiy maqsadlarda ishlatilmaydigan, o‘ta xavfli psixotrop moddalar hisobladi” – deyilgan elchixona bayonotida.
Endi bu mamlakatga taqiqlangan o‘simliklarni olib kirgan fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.