TOShKENT, 21 avg — Sputnik. RF Qurolli Kuchlarining Harbiy-vatanparvarlik madaniyat va hordiq bog‘i hududida "Madaniyat armiyasi" ijodiy guruhlari xalqaro tanlovida ishtirok etadigan jamoalarga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda ArMI matbuot-markazi xabar qildi.
20 ta davlatdan 180 ishtirokchi yangi musobaqada medallar uchun kuch sinashadi: Ozarbayjon, Angola, Armaniston, Belarus, Venesuyela, Vyetnam, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Laos, Mali, Myanma, Rossiya, Serbiya, Suriya, O‘zbekiston , Burkina -Faso va Shri-Lanka.
Jerebyevka konkursa "Armiya kulturi" na ArMI-2021
© Press-sentr Armeyskiy mejdunarodnix igr 2021
Ishtirokchilar 5ta nominatsiyada bellashadi: "Vokal mahorati", "Xoreografik mahorat", "Instrumental janr", "Ko‘rgazma faoliyati" va Tomoshabinlar e’tirofi” mukofoti.
O‘zbekiston qurolli kuchlarining boy an’analarini hisobga olgan holda, respublika terma jamoasi ArMI musobaqasi yangi turida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishi mumkin.
Navbatdagi Xalqaro armiya o‘yinlari 2021-yil 22-avgustdan 1-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi.