TOShKENT, 20 avg — Sputnik. 19 avgust “Roma” kuni Yevropa Konferensiyalar Ligasining saralash o‘yinida Turkiyaning "Trabzonspor" klubiga qarshi o‘ynadi.
Trabzonda kechgan bahsning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi.
Ikkinchi 45 daqiqalikda jamoalar umumiy hisobda 3 ta gol urdi. 81-daqiqada esa o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov "Roma"ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi. Shu tariqa, “Roma” 2:1 hisobda zafar quchdi.
Ta’kidlash joizki, bu Shomurodovning "Roma" tarkibida rasmiy o‘yinlaridagi debuti sanaladi. U bunga qadar klubning o‘rtoqlik uchrashuvlarida gol urgandi.
"Men urgan gol jamoamga g‘alaba keltirganidan baxtliman. O‘ylashimcha, keyingi o‘yin haqida o‘ylashni boshlash kerak. Sababi, A Seriya uch kundan so‘ng start oladi", - dedi bu g‘alabadan so‘ng Eldor Shomurodov Sky Sports kanaliga bergan intervyusida.