Qozog‘iston TIV “Tolibon”*ni tan olmaganligini ma’lum qildi

Qozog‘iston TIV mamlakat Tolibon*ni tan olmasligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Toliblar Afg‘oniston ustidan nazoratni o‘rnatganidan so‘ng Qozog‘iston hukumati Tolibon harakatini (Rossiyada taqiqlangan) tan olmadi. Bu haqda juma kuni Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Akan Rahmetullin brifingda ma’lum qildi.
“Biz Tolibonni tan olmadik. Xabaringiz bor, kuni kecha Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi, u milliy ommaviy axborot vositalarimizda e’lon qilindi. Qozog‘istonda biz bu mamlakatdagi vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatishni davom ettiramiz”, - dedi Rahmetullin.
Undan oldin Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondan qochoqlarni qabul qilish masalasi kun tartibida emasligini ma’lum qilgandi.
Odamlarning samolyotdan qulab tushishida amerikaliklar aybdor - Tolibon* vakili
Shu o‘rinda mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev etnik qozoqlarni Afg‘onistondan qaytarish imkoniyatlarini ishlab chiqish haqida topshiriq bergandi, ularning soni 200 nafarga yaqin.

“Tolibon”* Afg‘onistonda hokimiyatni bosib olishi

So‘nggi haftalarda “Tolibon”* harakati yirik shaharlarga hujumi ortidan Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashdi.
Yakshanba kuni OAV va manbalar toliblar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilishganini aytishdi. Keyinchalik o‘sha kuni jangarilar Kobulga kirib, prezident saroyini o‘z nazoratiga olganini ma’lum qilishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish maqsadida" mamlakatni tark etdi.
Dushanba kuni kechasi Tolibon* siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugaganini e’lon qildi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.